1

O`zbek multfilmi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda

Madaniyat 30.10.2021, 13:25
O`zbek multfilmi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda

Har yili 28 oktyabr "Xalqaro animasiya kuni" (International Animation Day) sifatida nishonlanadi.  Ilk bor 1892 yilda fransiyalik taniqli rassom Emil Reyno multfilmga xos bo`lgan tasvir ishlarini e`lon qilgan. Davrlar mobaynida bu yo`nalish rivojlana boshladi.

Eslatib o`tamiz, 2002 yilda “Xalqaro animasion kino assosiasiyasi” (The International Animated Film Association) va ASIFA (The International Animated Film Society) Emil Reyno ijodining 110 yilligi munosabati bilan ushbu sana “Xalqaro animasiya kuni” sifatida nishonlanadi.

Qozog`iston Respublikasi Turkiston shahrida animasion kino bayrami munosabati bilan 2019 yildan buyon “Amen” xalqaro animasion filmlar festivali o`tkazilib kelinmoqda. Unda animasiya sohasida yosh iste`dodlarni qo`llab-quvvatlash, yangi innovasion texnologiyalar va zamonaviy dasturlar asosida ishlab chiqarilayotgan animasion asarlar baholanadi.

Bu yil ushbu festivalda O`zbekiston nomidan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “G`ildirakli uy” (“Dom na kolesax”) multfilmi ishtirok etmoqda. Ssenariy muallifi Dmitriy Vlasov, rejissyor Aziz Muhammedov, kompozitor Jamshid Izamov.

Ma`lumot uchun, 2020 yilda mazkur festivalda Dmitriy Vlasovning “Hayot daryosi” (“Potok”) animasion filmi “Eng yaxshi postanovkachi rassom” nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`lgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1