1

“Cho`kayotgan ayol” filmi suratga olindi

Madaniyat 30.10.2021, 14:50
“Cho`kayotgan ayol” filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Cho`kayotgan ayol” (“Drowning woman”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Nadejda Tjuska, operator Velle Tamme.

Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida estoniyalik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.
“Cho`kayotgan ayol” filmida bosh qahramon dutorchi qiz Sarvinozning hayotidagi kechinmalari aks ettiriladi.

Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Belarus, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1