Samarqand shahrida ayollar o`rtasida kamondan otish bo`yicha ilk bor xalqaro “To`maris kubogi” musobaqasi o`tkazildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.
27-oktyabr kuni “Dinamo” sport majmuasida star olgan musobaqalarda yurtimizning eng kuchli kamonchilaridan tashqari Gruziya, Ukraina, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston davlatlaridan jami 50 nafarga yaqin mohir merganlar ishtirok etishdi.
Bugun xalqaro turnirining yakuniy final bosqichi bo`lib o`tdi. Unda sportchilar ikki yo`nalishda ya`ni olimpik raundi va jamoaviy bellashuvlar bo`yicha sovrindorlar nomiga aniqlik kiritib olishdi.
Olimpik raundi bo`yicha:
1 o`rin – Budaeva Viktoriya (Rossiya);
2 o`rin – Rodionova Polina (Ukraina);
3 o`rin – Xaritonova Viktoriya (Rossiya)ga nasib etdi.
Jamoaviy bellashuvlarda:
1 o`rin – Rossiya terma jamoasi (Budaeva Viktoriya, Xaritonova Viktoriya, Sirenova Soelma);
2 o`rin – O`zbekiston terma jamoasi (Abdusattorova Ziyodaxon, Nurmanova Munira, Yunusova Kamola);
3 o`rin – Aralash sportchilar terma jamoasi (Jibek Kanatbek kizi (Kirgig`iston), Putkaradze Tsiko (Gruziya), Rodionova Polina (Ukraina) ga nasib etdi.














