AsosiySport

Belbog`li kurash bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonlik sportchilar 17 ta medalni qo`lga kiritdi

'Belbog`li kurash bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonlik sportchilar 17 ta medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

28-30 oktyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida belbog`li kurash bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida 19-Jahon chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lumot berdi.

Kattalar o`rtasida o`tkazilgan ushbu musobaqada 38ta davlatdan 250 nafarga yaqin polvon g`oliblik uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, O`zbekiston belbog`li kurash federasiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi 18 nafar terma jamoamiz a`zolari mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etib, belbog`li kurashning erkin va klassik yo`nalishlarida 4ta oltin, 3ta kumush va 10ta bronza medalini qo`lga kiritishdi va umumjamoa hisobida faxrli 2-o`rinni band etishdi.

G`olib sportchilarimiz bugun erta tongda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Kutib olish marosimida O`zbekiston belbog`li kurash federasiyasi mutasaddilari, “Adolat” SDP vakillari, sportchilarning ota-onalari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Quyida Jahon chempionatida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Klassik yo`nalishda

Oltin medal

  1. -68 kg: Oybek Sultonboev (Andijon),
  2. -90 kg: Shohjaxon Ortiqov (Sirdaryo),

Kumush medal

  • -75 kg: Nusratullo Sultonboev (Andijon),

Bronza medal

  1. -62 kg: Jahongir Hayitov (Namangan),
  2. -100 kg: Nozimjon Ibrohimjonov (Farg`ona),

Erkin yo`nalish

  1. Oltin medal
  2. -66 kg: Maftunabonu Mahmudova (Andijon),
  3. -100 kg: Nodirbek Ahadjonov (Toshkent sh.),

Kumush medal

  • -57 kg: Husanboy Nosirov (Andijon),
  • -90 kg: Jasurbek Isroilov (Andijon),

Bronza medal

  1. -62 kg: Dostonbek Obidjonov (Namangan),
  2. -68 kg: Murodjon Hamidov (Namangan),
  3. -75 kg: Og`abek Amatboev (Xorazm),
  4. -82 kg: Husniddin Ro`ziev (Andijon),
  5. +100 kg: A`zamjon Anvarjonov (Andijon),
  6. -52 kg: Muxlisaxon Sotvoldieva (Farg`ona),
  7. -57 kg: Manzuraoy Mo`ydinova (Farg`ona),
  8. -76 kg: Ziyodaxon Ergasheva (Farg`ona).

    Boshqa yangiliklar