AsosiyJamiyat

Xorazmda bir nechta fuqarolar xonadonidan giyohvand moddalar topildi

'Xorazmda bir nechta fuqarolar xonadonidan giyohvand moddalar topildi'ning rasmi

Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir jarayonida juda ko`p miqdordagi giyohvandlik vositalari g`ayriqonuniy aylanishining oldi olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, Urganch shahrida yashovchi,  1996 yilda tug`ilgan, I.K. 2021 yil 4 oktyabr kuni Urganch shahrining Al-Xorazmiy ko`chasida vazni 9,88 gramm ko`p miqdordagi giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 3 000 000 so`mga sotib o`tkazgan paytida ushlangan. Shundan keyin gumondorlarning yashash joyida o`tkazilgan tintuv jarayonida kelgusida o`tkazish maqsadida saqlab qo`yilgan yana 200 gramm giyohvandlik vositasi topildi. Giyohfurushlar ushbu “zahri qotil”ni shirinlik qog`oziga qadoqlab olib kelishganligi ma`lum bo`ldi.  

Shuningdek, Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yil 26 oktyabr kuni o`tkazilgan tadbir natijasida, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog`liq yana bir jinoyat fosh etildi. Urganch tumanida yashab kelayotgan, 1973 yilda tug`ilgan, G`.M. Urganch shaxar Markaziy dexkon bozori hududida “opiy” giyohvandlik vositasini 2 000 000 so`mga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olindi.  Shundan keyin uning yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida bir bo`lak qadoqlangan holdagi “opiy” giyohvandlik vositasini kelgusida o`tkazish maqsadida saqlab qo`yganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Yuqoridagi xolatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar