AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bugun magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi

'O`zbekistonda bugun magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi'ning rasmi

Haftaning so`ngi kuni, 31 oktyabrda O`zbekistonda magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi. Bu haqda gidrometeorologik ilmiy tahlillarga tayanib doktorant E. Abdulahatov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 30 oktyab kechasi hamda 31 oktyabr kun davomida Toshkentda G3 darajaga ega 5 ballik magnit bo`ronlari kuzatiladi. Buni ob-havo o`zgarishlariga ta`sirchan, qon-bosim, nerv-asab kasalliklarga ega kishilar yaqqol sezadi.

31 oktyabr kechasi magnit bo`roni o`zining passivroq holatiga qaytadi.

Magnit bo`roning G3 darajadagi yuqori faolligi kun davomida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish rasionlariga baliq va ko`kat mahsulotlarini kiritish, iste`mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo`ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og`rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko`proq o`tirish tavsiya etiladi. 

Shu vaqt oralig`ida yuqoridagi omilni o`zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo`riqish tavsiya etilmaydi. 

Boshqa yangiliklar