1

O`zbek multfilmlari xalqaro festivalda mukofotlandi

Madaniyat 31.10.2021, 13:41
O`zbek multfilmlari xalqaro festivalda mukofotlandi

29 oktyabr “Xalqaro animasiya kuni” munosabati bilan Qozog`iston Respublikasi Turkiston shahrida 29-30 oktyabr kunlari “AMEN-2021” ( International Animation Film Festival) an`anaviy xalqaro animasion filmlar festivali bo`lib o`tdi. Kinematografiya agentligining  qayd etishicha, unda 49 ta davlat ishtirok etgan va ular orasida O`zbekiston ham bo`lgan.  

Ma`lumotga ko`ra, mazkur festivalda rejissyor Aziz  Muhammedovning “G`ildirakli uy” animasiyasi festivalning “Gran pri” bosh sovrini bilan, “Sehrli tanbur” animasiyasi “Eng yaxshi badiiy echim” nominasiyasi bo`yicha mukofotga loyiq topilgan.

Eslatib o`tamiz, festival 2019 yildan buyon o`tkaziladi. Unda animasion filmlar namoyishlari bilan birga, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va ijodiy tanlovlar bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1