Tolibon etakchisi birinchi marta ommaviy tadbirda ko`rinish berdi.
Turkiyaning TRT telekanali xabariga ko`ra, Haybatulloh Ohundzoda Qandahordagi madrasani ziyorat qilgan.
Tashrif kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bilan o`tkazilgan, hech qanday foto va video tasvirga olish amalga oshirilmagan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda Oxundzoda nutqi aks etgan audioyozuv paydo bo`lgan. U asosan "Tolibon" harakatining diniy jihatlari haqida gapirgan va siyosiy masalalarga to`xtalmagan, deb yozadi "Interfaks"ga tayanib Vesti.ru.
Ma`lumot uchun, Ohundzoda Tolibon harakati asoschisi Mulla Umar va Axtar Mansurdan keyingi uchinchi etakchidir. U 2016 yilda mulla Axtar Mansur vafotidan so`ng harakatga rahbarlik qilgan.