1

“Onamning velosipedi” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Madaniyat 01.11.2021, 11:49
“Onamning velosipedi” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Onamning velosipedi” (“My mother’s bicycle”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.  

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Gabriel Karmelo.  

Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida filippinlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

“Onamning velosipedi” filmida bosh qahramon Daruna o`lim to`shagida yotgan kasal onasini so`nggi lahzalarida vidolashish uchun keladi. Yo`l-yo`lakay u onasining velosipedida o`tgan baxtli onlarini eslaydi.  

Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Belarus, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1