Unda dunyoning 10 ta eng yaxshi shahri, mintaqa va mamlakatlari, Ummon cho`lidan Karib dengizi sohilidagi Beliz davlatigacha bo`lgan joylar o`rin olgan.
Qayd etilishicha, sayohat uchun eng yaxshi mamlakat reytingida birinchi o`rinni o`z sirli va mahobati bilan ko`pchilik sayyohlarning ajoyib maskaniga aylangan Misr piramidalari egallagan.

To`qqizinchi va sakkizinchi o`rinlarda esa Malavi va Nepal joylashgan.


Ummon ettinchi o`rinni egalladi. Oltinchi o`rinda Angliya — sharqiy Karib dengizidagi marjon oroli turibdi.
Beshinchi o`rinni Sloveniya zabt etdi.

To`rtinchi va uchinchi o`rin esa Karib dengizi bilan yuvilgan Beliz davlati va Mavrikiyga nasib etdi.
Ikkinchi o`rinda “eng baxtlilar” mamlakati Norvegiya qayd etilgan.

Birinchi o`rinni sayyoramizning eng go`zal joylaridan biri nominasiyasida Kuk orollari egalladi.

Eng yaxshi shahar reytingida birinchi o`rinni “Oklend” (Yangi Zelandiya) egalladi.

Ikkinchi o`rinni Tayvanning Taypeyi band etdi.
Frayburg (Germaniya), Atlanta (AQSh), G`arbiy Afrikadagi Lagos (Nigeriya) shaharlari esa ro`yxatdan ketma-ketlikda joy oldi.
Oltinchi o`rinda Kipr poytaxti Nikosiya, ettinchi o`rinda Irlandiyaning Dublin shahri joylashgan.
Kuchli o`nlikdan Merida (Meksika), Florensiya (Italiya) va Kyonju (Janubiy Koreya) ham o`rin olgan.
“Nihoyat, uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan sayohat rejalarini qayta tiklash va ularni hayotga tatbiq etish vaqti keldi", — dedi "Lonely Planet" vise-prezidenti Tom Xoll.