AsosiyDunyo

Rossiyada koronavirusdan xastalangan bemorlarni davolaydigan shifokorlarning qariyb 30 foizi charchoq tufayli ishdan bo`shash arafasida

'Rossiyada koronavirusdan xastalangan bemorlarni davolaydigan shifokorlarning qariyb 30 foizi charchoq tufayli ishdan bo`shash arafasida'ning rasmi

"COVID-19" bemorlari bilan ishlaydigan shifokorlarning qariyb 30 foizi charchoq tufayli ishdan bo`shash arafasida ekanliklarini aytishgan. Yana 37 foizi hissiy charchoq fonida paydo bo`lgan sog`liq muammolari borligini bildirgan. Bu haqda NTV  “Doktor qo`llanmasi” mobil ilovasi jamoasi tomonidan o`tkazilgan so`rov natijalariga tayanib xabar bermoqda.

So`rovda qatnashgan deyarli barcha shifokorlar va hamshiralar (90% dan ortig`i) ularning charchoqlari bemorlarga salbiy ta`sir qilishadi, deb hisoblashadi. Shunday qilib, 22,9% bemorlarga nisbatan qo`polroq bo`lib qolganliklarini ta`kidlagan.

Shifokorlar, shuningdek, odamlar ularni "qahramon" sifatida ko`rmay qo`ygan, "qizil zonalar"dagi og`ir mehnat sharoitlari esa endi odatdagidek qabul qilinayotganligini bildirishgan.

 

    Boshqa yangiliklar