1

“Palto” filmi suratga olinmoqda

Madaniyat 01.11.2021, 16:24
“Palto” filmi suratga olinmoqda

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Palto” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.  

Kinokartina melodrama janrida bo`lib, sevishganlar nigohida jamiyatdagi kamchiliklar va ta`sirli voqealar ochib beriladi.  

Ssenariy muallifi va rejissyor Shahnoza Tuyunova, operator Kamoliddin Ziyovuddinov, rassom Alisher Umrzoqov, grimyor Feruza Janibekova, kostyumer Muqaddas Ibragimova, kartina direktori Sharif Qasimbaev.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1