AsosiyDunyo

Yaponiyada poezd yo`lovchilariga hujum uyushtirildi

'Yaponiyada poezd yo`lovchilariga hujum uyushtirildi'ning rasmi

Yaponiyaning Tokio prefekturasining Tefu shahrida noma`lum shaxs poezd yo`lovchilariga hujum qildi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea Keio temiryo`l kompaniyasiga qarashli poezdda sodir bo`lgan. Natijada, 17 kishi jabrlangan. 

Manbada aytilishicha, jinoyatchi proezga tez yonuvchi suyuqlik quyib, uni yoqib yuborgan. Yong`in natijasida esa vagondagi bir nechta o`rindiqlar yonib ketgan. Vagonda yuzaga kelgan tutun tufayli 60 yosh atrofida bo`lgan bir kishi hushidan ketgan. 

Polisiya xodimlari jinoyat sodir etgan shaxsni qarshiliksiz qo`lga olgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar