Dunyo bo`yicha koronavirus vaksinasining 7 milliarddan ortiq dozasi ishlatildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Jumladan, ularning yarmidan ko`pi uchta davlatga to`g`ri keladi – Xitoy (2,3 milliard), Hindiston (1,1 milliard) va AQSh (0,4 milliard).
Hozirgacha odamlar COVID-19ga qarshi 7 milliard doza vaksinani olgan. Sayyoramizda qancha odam emlashning to`liq kursini olganligini aniqlashning imkoni yo`q. Chunki ko`plab mamlakatlar faqat COVID-19 vaksinalarining tasdiqlangan dozalari va amalga oshirilgan emlashlar soni borasida xabar berishadi.
Ma`lum bo`lishicha, dunyoda emlash darajasi pasayib bormoqda - avvalgi milliard emlashlar 29 kun ichida kiritilgan. Yangi milliardga erishish uchun 37 kun kerak bo`ldi.