Koronavirusga qarshi emlanganlar soni bo`yicha etakchi mamlakatlar ro`yxati ma`lum bo`ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, BAA va Maltada aholining 90 foizdan ortig`i allaqachon emlangan. Portugaliya, Kuba, Chili, Islandiya, Kambodja, Qatar, Ispaniya, Singapur, Bruney va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda aholining 80 foizidan ziyodi kamida bittta komponent bilan emlangan.
Dunyoda fuqarolik muomalasida bo`lgan o`ndan ortiq koronavirusga qarshi vaksinalar bor. Ular orasida Rossiyaning “Cputnik V”, “Sputnik Ligiht”, “Epivaccorona” va “Covivac”, Amerikaning Pfizer, uning nemis hamkori BioNTech, Britaniya-Shvesiya kompaniyasi AstraZeneca Oksford vaksinalari mavjud. Xitoy universitetining Sinovac va Sinopharm kompaniyalari, Hindistonning Covaxin, shuningdek, Amerika ishlab chiqaruvchilari Moderna va Johnson & Johnson vaksinalari qo`llaniladi.