AsosiyJamiyat

AQShga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun muhim talablar ma`lum qilindi

'AQShga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun muhim talablar ma`lum qilindi'ning rasmi

AQShning Toshkentdagi Elchixonasi ma`lumotlariga ko`ra,  8 noyabrdan boshlab AQShga kiruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari AQShga jo`nab ketayotgan samolyotga chiqishlaridan oldin COVID-19 ga qarshi to`liq emlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari shart.

Kasallikni nazorat qilish va oldini olish markaziga (CDC) ko`ra, Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) tomonidan tasdiqlangan yoki ruxsat etilgan, shuningdek, JSST tomonidan favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun ro`yxatga olingan vaksinalar Qo`shma Shtatlarga kirish uchun maqbul deb hisoblanadi.

Bu cheklovlar immigrasiya vizasi mavjud shaxslarga; diplomatik va rasmiy kanallar orqali AQShga tashrif buyuradiganlar; 18 yoshgacha bo`lgan bolalarga taalluqli emas (qo`shimcha ma`lumotlar Elchixonaning  saytida mavjud).

Shu munosabat bilan Vazirlik AQShga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga yuqoridagi talablarni inobatga olishni tavsiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar