AsosiySport

Antonio Konte rasman "Tottenhem" bosh murabbiyiga aylandi

'Antonio Konte rasman "Tottenhem" bosh murabbiyiga aylandi'ning rasmi

Italiyalik Antonio Konte rasman “Tottenhem” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassis “Tottenhem” bilan 2023 yilning yozigacha mo`jallangan shartnomaga imzo chekkan. Keyinchalik shartnoma muddati yana uzaytirilishi mumkin.

Ma`lum bo`lishicha, u yangi jamoasida yiliga 18,3 million funt sterling atrofida maosh oladi. 

Eslatib o`tamiz, jamoa APLning 10-turidan so`ng 15 ochko bilan 8-o`rinni egallab turibdi. 

Boshqa yangiliklar