AsosiySiyosat

O`zbekiston - Germaniya: ikki tomonlama manfaatli uchrashuv bo`lib o`tdi

'O`zbekiston - Germaniya: ikki tomonlama manfaatli uchrashuv bo`lib o`tdi'ning rasmi

Uchrashuvda vazir Nozim Xusanov Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi Dr.Tilo Klinner, uning iqtisodiy masalalar bo`yicha yordamchisi Ralf Maurederni qabul qildi.

Tadbirda Germaniya hududida ishlash istagida bo`lgan O`zbekiston fuqarolarini nemis mutaxassislari yordamida monomarkazda kasb-hunarga o`qitish, Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda nemis tiliga o`rgatish masalalari muhokama qilindi. Bu bo`yicha yo`l xaritasi ishlab chiqilib, mazkur jarayon ishchi guruh tomonidan olib borilishi ta`kidlandi.

Shuningdek, kelgusida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Germaniya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy ravishda jalb qilish bo`yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar