AsosiySport

Elmira Gulyamova: “Ayollar klublari o`rtasidagi Osiyo chempionatida g`alaba qozonishga harakat qilamiz”

'Elmira Gulyamova: “Ayollar klublari o`rtasidagi Osiyo chempionatida g`alaba qozonishga harakat qilamiz”'ning rasmi

3-noyabr kuni “Bunyodkor-W” jamoasi Iordaniyaning Aqaba shahriga etib keldi. Bugun – 4-noyabr kuni jamoa o`zining birinchi mashg`ulotini o`tkazadi. Bu borada “qaldirochlar” bosh murabbiyi Elmira Gulyamova o`zining fikrlari bildirib o`tdi.

- Turkiya orqali Amman shahriga etib keldik. Iordaniya poytaxtidan Aqaba shahriga avtobusda 5 soatlik yo`lni bosib o`tdik. Yo`l uzoq, futbolchilarni toliqtirdi. Bugundan uchrashuvlar o`tadigan stadionda mashg`ulotlarni boshlaymiz. Maydon sun`iy qoplamaliligini inobatga olib, Toshkentda bir necha kun sun`iy qoplamali maydonda mashg`ulotlar o`tkazdik.

Bunday turnir birinchi marta o`tkazilayotganiga qaramay, tashkilotchilik yaxshi darajada. Futbolchilarning kayfiyati a`lo. G`alaba qozonishga harakat qilamiz.

- “So`g`diyona-W” jamoasi chempion bo`ldi. Bu narsa xalqaro turnirga e`tiborni kuchaytirishga imkoniyat berdimi?

- “So`g`diyona-W” jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. Biz chempionlik uchun oxirgi turga qadar harakat qildik. Lekin xalqaro musobaqadani unutganimiz ham yo`q. Tayyorgarlikni turnirga ketgunga qadar davom ettirdik. Katta hajmdagi ishni bajardik. Buning uchun “Bunyodkor” futbol klubi raxbariyatiga yaratilgan barcha sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiraman.

7-noyabr kuni bizni Eronning “Shahrdari Sirjan” jamoasi bilan oson bo`lmagan birinchi uchrashuv kutmoqda. Tayyorgarlik uchun uch kun bor.

O`zimizning o`yin strategiyamizdan tashqariga chiqmagan holda, uchchala raqibimizni ham o`rganib chiqdik.

- Mahliyo Sarikova jamoangizning eng yaxshi o`yinchisi bo`lishiga qaramay, o`tgan yilgi mavsum ikkinchi davrasidan “So`g`diyona-W” jamoasiga qo`yib yubordingiz. Buni sababi nimada?

- Biz doim eng yaxshi jamoa bo`lishga harakat qilamiz. O`zimiz ustimizda ishlashdan to`xtamaymiz. Sarikovaga keladigan bo`lsak, bir nechta masalalar bo`yicha u bilan kelisha olmadik. Men bosh murabbiy sifatida barcha o`yinchilar uchun javobgarman. Jamoada intizom va do`stona muhit yaratish – meni vazifam. Jamoa jisplashishi, yaxshi futbol ko`rsata olishi uchun uning a`zolari hamfikr bo`lishlari lozim. Men atrofimga shunday mutaxassislar va futbolchilarni yig`ganman.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor-W” jamoasi ayollar klublari o`rtasidagi Osiyo chempionatida o`z qatnashishini 7 noyabr kuni Eronning “Shahrdari Sirjan” jamoasiga qarshi boshlaydi. Uchrashuv O`zbekiston vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Boshqa yangiliklar