Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov Angliya Premer-ligasidan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda juranlist Gil Balage xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Nyukasl” klubi vakillari Lyov bilan bog`lanishgan. Biroq nemis mutaxassis “Nyukasl” taklifiga rad javobini bergan.
Avvalroq ingliz klubi “Vilyarreal” bosh murabbiyi Unai Emerini bosh murabbiy lavozimiga olib kelmoqchi bo`lgandi. Bioq Emeri ham “sariq suvosti kemasi”ni tark etmasligini ma`lum qilgandi.






