1

PZR test natijalarini qalbakilashtirib sotayotgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 04.11.2021, 21:16
Teglar: Farg`ona viloyati IIB
PZR test natijalarini qalbakilashtirib sotayotgan shaxslar qo`lga olindi

2021 yil 22 oktyabr kuni Farg`ona viloyati IIB TXTBga kelib tushgan ma`lumotga asosan, moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolarga Davlat chegarasidan o`tish uchun koronavirus infeksiyasi natijalari haqida qalbaki ma`lumotnoma tayyorlab beruvchi shaxsni fosh etish bo`yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan.

O`tkazilgan tadbir davomida, 1987 y.t. Quva tumanida yashovchi X.M. o`zi ishlaydigan Quva tumanidagi “OMAD YuRT FAROVONLIGI” nomli aviakassa ichida tezkor tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga ekspress PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida qalbaki ma`lumotnomani tayyorlab berish uchun 150 ming so`m pul olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 29 oktyabr kuni  Xorazm viloyati Urganch shahridagi «UZ MED» xususiy klinikasi ishyurituvchisi 2000 y.t. Urganch tumani, G`oybu qishlog`ida yashovchi Sh.R. tezkor tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga ekspress PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida ma`lumotnoma tayyorlab berish uchun 340 ming so`m pullarini olgan vaqtida Xorazm viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan ushlangan.

Bundan tashqari, 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2001 y.t. Samarqand viloyatining Samarqand shahrida yashovchi F.M. tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga  PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida ma`lumotnoma tayyorlab berish uchun 150 ming so`m pul olayotgan vaqtida aniqlanib ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Farg`onada "Baraka burger" nomli do`kon oynalari sindirilib, yoqib yuborildi

08.10.2021, 15:37

Ijtimoiy tarmoqlarida “Farg`ona shahrida joylashgan "Baraka burger" nomli do`konni oynalari sindirilgan holda yoqib yuborilganligi” tasvirlangan videoxabar tarqaldi. Farg`ona viloyati IIB holat bo`yicha ma`lumot berdi.Aniqlanishicha, 2021 yil...
Yozyovon tumanida “Espero” avtomashina haydovchisi urib yuborgan piyoda hodisa joyida vafot etdi

06.02.2021, 16:27

2021 yil 5 fevral kuni fuqaro Sh.Z. “Espero” avtomashinasini Yozyovon tumani Guliston MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan E.O.ni urib yuborishi oqibatida, E.O....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1