AsosiyJamiyat

Saudiya Arabistoniga ishlash uchun ketgan o`zbekistonlik ayollar murojaat bilan chiqdi

'Saudiya Arabistoniga ishlash uchun ketgan o`zbekistonlik ayollar murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

Yutub kanallaridan birida ishlash maqsadida Saudiya Arabistoniga borgan yurtdoshlarimizning murakkab vaziyatga tushib qolgani haqida murojaati tarqaldi.

Ma`lum bo`lishicha, video murojaat muallifi fuqaro H.M. ongli ravishda "Migration-consulting" xususiy bandlik agentligi bilan shartnoma tuzib, o`z xohishiga ko`ra uy xizmatkori vazifasida ikki yil davomida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 2021 yilning 19 avgust kuni Saudiya Arabistoniga jo`nab ketgan.

Fuqaro H.M.ni ishga jalb qilish bilan bog`liq, ya`ni aviachipta, viza, tibbiy sug`urta kabi xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplab berilgan. Ammo u oilaviy sabablarga ko`ra, joriy yil oktyabr oyi boshida xususiy bandlik agentligidan shartnomani bir tomonlama bekor qilishni va O`zbekistonga qaytarishni so`ragan.

"Migration-consulting" xususiy bandlik agentligi tomonidan fuqaro H.M. ishdan bosh tortgan, ya`ni joriy yil 3 oktyabrdan boshlab bepul xavfsiz yotoq joyi va ovqat bilan ta`minlangan.

Shuningdek, videomurojaatda o`z sog`lig`idan shikoyat qilgan ikkinchi fuqaro D.O.ga barcha tibbiy xizmatlar ko`rsatilishi xususiy bandlik agentligi tomonidan ta`minlanmoqda va sog`lig`i tiklangach, mehnat faoliyatini davom ettirishini bildirgan.

Qayd etish joiz, kelishuvga muvofiq, shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda xorijiy ish beruvchi qilgan xarajatlarni fuqaro tomonidan qaytarish lozimligi ko`zda tutilgan.

Hozirgi vaqtda yurtdoshimizni O`zbekistonga qaytarish choralari ko`rilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar