AsosiySport

Bugun Serbiyada o`tkaziladigan boks bo`yicha jahon chempionatining finalida sportchimiz oltin medal uchun bellashadi

'Bugun Serbiyada o`tkaziladigan boks bo`yicha jahon chempionatining finalida  sportchimiz oltin medal uchun bellashadi'ning rasmi

Bugun Serbiyada o`tkaziladigan boks bo`yicha jahon chempionatining final bellashuvlarida yosh iqtidorli bokschimiz Abdumalik Xalakov oltin medal uchun ringga ko`tariladi. bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

- 60 kg vazn toifasida kechadigan bo`lajak bahsda hamyurtimizga fransiyalik tajribali Safyan Umia raqiblik qiladi. Ta`kidlanishicha Umia "Gamburg-2017" jahon chempionati g`olibi, "Rio-2016" Olimpiadasi kumush medal sohibi hisoblanadi. O`z navbatida, Xalakovni "Buenos-Ayres-2018" o`smirlar Olimpiadasi chempioni, Osiyo chempionati sovrindori va boshqa bir qator nufuzli xalqaro musobaqalar g`olibi bo`lgan.

Har ikki bokschi yuqori texnikaga ega bo`lib, ular ishtirokidagi jang musobaqaning eng qiziqarli finali bo`lishi kutilmoqda. 

Xalakov va Umia to`qnashuvi Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadigan blokning uchinchi jangidan o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar