OFK kubogi-2021 finalidan keyin g`olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o`tkazildi.
Unga ko`ra, “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchaev musobaqa to`purariga aylandi. U turnir davomida raqiblar darvozasini 7 marotaba ishg`ol qildi. Finaldan keyin Norchaevga mahsus sovrin topshirildi.
Bundan tashqari, Halol o`yin ya`ni, “Fair Play” sovrini ham “Nasaf”ga berildi va uni jamoa sardori Umarbek Eshmurodov tashkilotchilar tomonidan qabul qilib oldi.
Bundan tashqari, jamoaning barcha a`zolari musobaqaning ikkinchi o`rni uchun berilgan kumush medallari bilan taqdirlanishdi.