1

Samarqandda mansabdorlar rahnamolik qilib kelgan jinoiy uyushma fosh etildi

Jinoyat 06.11.2021, 08:34
Samarqandda mansabdorlar rahnamolik qilib kelgan jinoiy uyushma fosh etildi

Samarqandda xalqning rizqini egan bir guruh shaxslar qo`lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuratura boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida joylashgan “Samarqand gaz to`ldirish stansiyasi”dan surunkali ravishda “Nurobod gaz servis” MChJga qarashli “DAF” rusumli 20 tn sig`imli yuk avtomashinasida aholi xonadonlariga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan uglevodorodli gazni yashirin ravishda talon-toroj qilib kelingan.

Holat bo`yicha JKning 169-moddasi 4-qismi “v” bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi tergovining birinchi kunida 6 nafar jinoiy uyushma a`zolariga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Ta`kidlanishicha, bu raqamlar ko`lami kengayishi mumkin. 

Tezkor ma`lumotlarga ko`ra, mazkur jinoiy uyushmaga bir qator mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari rahnamolik qilib kelishgan. 

Qayd etilishicha, jinoyat ishi tergovi shaxsan Samarqand viloyati 2-sektor rahbari - viloyat prokurori R.Masharipovning nazoratiga olingan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1