Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga xabar berishicha, yo`l ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli Ahmad Donish ko`chasining Amir Temur shoh ko`chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko`chasigacha bo`lgan oralig`idagi ikki tomonlama yo`lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.
Haydovchilardan aylanma yo`llardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`ralgan.