AsosiySport

Toshkentda Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri o`tkaziladi

'Toshkentda Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida 2021-yildan boshlab har yili an`anaviy tarzda Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini o`tkazish belgilangan.

Qaror ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent shahrida 2021-yil 10-noyabrdan 19-noyabrga qadar “Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turniri o`tkaziladi. Unda dunyoning 10dan ortiq mamlakatidan malakali grossmeystrlar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqa reglamentiga ko`ra, 11-noyabr kuni blis turnir o`tkazilsa, 13, 14 va 16-noyabr kunlari ishtirokchilar ikkitadan turda g`oliblik uchun o`zaro dona surishlari belgilangan.

“Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turnirida 2021-yil 1-oktyabr holatiga ko`ra, FIDE reytingi (standart) 1 800 ball va undan yuqori bo`lgan erkaklar hamda FIDE reytingi 1 600 va undan yuqori bo`lgan ayollar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqaning umumiy sovrin jamg`armasi 120 000 AQSh dollarini tashkil etadi va bu O`zbekiston tarixida eng yuqori sovrin jamg`armsiga ega shaxmat turniri sifatida tarixga kiradi.

“Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turnirida quyidagi taniqli shaxmatchilar, xalqaro grossmeysterlar ishtirok etish istagini bildirishgan:

1) Syugirov Sanan (Rossiya)

2) Ponkratov Pavel (Rossiya)

3) Qosimjonov Rustam (O`zbekiston)

4) Sargsyan Shant (Armaniston)

5) Niemann Hans (AQSh)

6) Koballia Mixail (Rossiya)

7) Gaemmagami Ehsjn (Eron)

8) Moisenko Oleksandr (Ukraina)

9) Sitnikov Anton (Ukraina)

10) Dmitrenko Viktor (Ukraina)

11) Zarubiski Viachaslau (Belarus)

12) Mishchuk Dmitro (Ukraina)

13) Zvyaginsev Vadim (Rossiya)

14) Matlakov Maksim (Rossiya)

15) Chigaev Maksim (Rossiya)

Shuningdek, musobaqaga quyidagi xalqaro hakamlar ham taklif etilgan:

1) Rajai Alsusi (Falastin)

2) Kriukov Mixail (Rossiya)

3) Poley Vladimir (Belarus)

4) Vardapetyan Ashot (Armaniston)

5) Yunusov Ilhom (Tojikiston)

Boshqa yangiliklar