Sirdaryo viloyati IIB xabariga ko`ra, Xovos tuman hududida o`tkazilayotgan “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari bo`lgan shuningdek, kuchli ta`sir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” tezkor profilaktik tadbiri o`tkazildi.
Qayd etilishicha, IIB JQB va XPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida, Xovos tumani, Xovosobod mahallasida yashovchi M.I ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda yashash uyining oshxonasidan sellofan paketga o`ralagan xolada taxminan og`irligi 100 gramm va katak qog`ozga quritilgan holda saqlanayotgan taxminan og`irligi 10-15 gramm hamda hovlisida joylashgan qurib tugallanmagan hammomida politelen sumka ichida og`irligi taxminan 500 gramm teng bo`lgan o`zidan o`tkir hid tarqatuvchi o`simlik moddalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo`limining xulosasiga ko`ra, fuqaro M.I ning yashash xonadonidan olingan moddalar «o`zidan o`tkir hid tarqatuvchi o`simlik moddalari tarkibida faol giyohvandlik modda, tetragidrokannabinol mavjud bo`lib, bu modda- Marixuana deb atalishi, marixuanangning umumiy og`irligi 566 (besh yuz oltmish) grammga tengiligi ko`rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.