Urgut tumanida fuqaroga texnikumni tamomlaganligi haqida diplom olib berishni va`da qilgan direktor o`rinbosari ushlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.
Ma`lumotga ko`ra,“Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi” direktori o`rinbosari I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o`qishga kiritib, 2021-2022 o`quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va`da qiladi.
Evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.






