AsosiyJinoyat

Urgutda fuqaroga texnikumni tamomlaganligi haqida diplom olib berishni va`da qilgan "zamdirektor" ushlandi

'Urgutda fuqaroga texnikumni tamomlaganligi haqida diplom olib berishni va`da qilgan "zamdirektor"  ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda “Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi” direktori o`rinbosari I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o`qishga kiritib, 2021-2022 o`quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va`da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar