AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yog`ayotgan kuchli qor erlarni oqartirdi

'Qashqadaryoda yog`ayotgan kuchli qor erlarni oqartirdi'ning rasmi

Uzoq muddatli chang-g`ubordan so`ng Qashqadaryo viloyatida yog`a boshlagan yomg`ir qorga aylangan.

Videodagi tasvir Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda ma`lum qilinishicha,  viloyatining Yakkabog` va Chiroqchi tumanlarida ham qor yog`moqda.

Gidrometeorologik ilmiy tahlillarga ko`ra, janub Afg`onistondan kirib kelgan nam havo oqimi avval Surxondaryo, so`ngra Qashqadaryo viloyati ayrim hududlariga yog`ingarchiliklar bilan tarqaldi. 

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, sovuq havo O`zbekistondan asta-sekinlik bilan chekina boshlaydi.

11-13 noyabrda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8° iliq bo`ladi, kunduz kunlari esa noyabr oyi o`rtalari uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlargacha 15-18° iliqgacha, janubda esa 20-21° iliqgacha isiydi.

    Boshqa yangiliklar