AsosiyJamiyat

O`zDJTU liseyi direktori o`rinbosari 1500 dollar pora olayotganda qo`lga tushdi

O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik lisey direktori o`rinbosari bir o`quvchini qabul qilish uchun ana shuncha pora talab qilgan.

Qonun va qonunosti hujjatlari bizni har lahza yaxshilikka etaklovchi yuriqnomadir. Mana shu oddiy haqiqatni Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik lisey direktorining o`rinbosari Elmurod Bakirov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) teran anglamagan zkan. U buni tushunganda edi, oddiy dargohda ishlab turib, jinoyatga qo`l urmasdi. “Huquq” gazetasining 13-sonida bu haqda batafsil keltirilgan.

O`tgan yilning avgust oyi boshlarida akademik lisey direktori o`quv dargohi xo-dimlarini to`plab, yig`ilish o`tkazadi. Unda o`quvchilarni liseyga qabul qilish jarayoni tugaganligini e`lon qiladi va bu haqdagi buyruqni barchaga o`qib eshittiradi. E.Bakirov mazkur yig`ilishda majlislar zalining oldi qatorlarida o`tirgan edi.

Xullas, oradan bir necha kun o`tib, fuqaro X.Xayitov jiyanini mazkur liseyga o`qishga ki-ritish uchun E.Bakirovga uchrashadi, o`zaro suhbat jarayonida direktor o`rinbosari o`qishga qabul qilish tugallanganligini aytib, X.Xayitovga qonuniy maslahat berish o`rniga, firibgarlik yo`li bilan uni aldaydi.

— Endi do`stim, gap bunday, — uzoqdan gap boshladi E.Bakirov, — Liseyimizda o`qish uchun talabgor ko`p, qolaversa, bo`sh o`rinlar deyarli qolmagan. "Xizmat"imizga ko`nsangiz, ilojini qilamiz.

Ishorani darhol tushungan X.Xayitov biroz o`ylanib turib;

— Aka qancha bo`ladi, jiyanim shu erda o`qisa, bo`ldi, — dedi.

E.Bakirov ko`rsatkich barmog`ini burniga sekin qo`ydi.

— Sekinroqde, past ovozda gapirsangiz ham eshitaman.

Direktor o`rinbosari stoli ustida turgan sariq yopishqoq qog`ozlardan birini ajratib oldi-da, unga "1500, ko`kida", deb yozib, uning oldiga asta surib qo`ydi.

— Tushundim, shu bilan ish bitadimi? — deya X.Xayitov direktor o`rinbosariga nazar tashlagan edi, u boshini asta qimirlatdi.

X.Xayitov va`da berishga berdi-yu, o`ylanib qoldi. Xonadan chiqib, o`quv dargohini tark etguniga qadar turli xayollar girdobida qoldi. Shu vaqtda u o`z harakatlari bilan qonunlarimizni buzayotganligini tushundi. Shundan so`ng u direktor o`rinbosarining no-qonuniy xatti-harakatlari xususida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.

SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda E.Bakirov xizmat xonasida X.Xayitovdan 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida qo`lga olindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudi E.Bakirovga nisbatan qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm chiqardi.

SUD IJRO BO`LIMIDA FOSh BO`LGAN PORAXO`RLIK

Yoxud jamoatchi xodimga summani kamaytirish uchun qistirilgan “xarajat”

Poraxo`rlik, tamagirlik va korrupsiya kabi illatlar tuzog`iga osongina ilinib, uning oqibatiga g`arq bo`layotganlar hali hamon oramizda uchrab turibdi. Buni “Huquq” gazetasining 13-sonida chop etilgan bir poraxo`rlik jinoyati misolida ham ko`rish mumkin.

Fuqaro Zarina Maxamatovaga (ism-familiyalar o`zgartirilgan) nisbatan yuritilgan ijro hujjati bo`yicha sud ijrochilarining Chirchiq shahar bo`limi tomonidan 2 mln. 403 ming 968 so`m miqdoridagi davlat boji undiriladigan bo`ldi. Ushbu pulni to`lamaslik maqsadida uning qizi Sabina Maxamatova sud ijrochilari Chirchiq shahar bo`limida jamoatchi xodim sifatida faoliyat ko`rsatib kelgan A.Sodiqovga uchrashadi va undan bu summani kamaytirib berishni so`raydi. A.Sodiqov esa bu ishni amalga oshirishning o`ziga yarasha "xarajat"i borligini qistirib o`tadi. Ya`ni u 800 ming so`m bersa, bu ish kech qanday xarajatsiz bitishini aytadi. Biroq A.Sodiqov maqsadiga erisha olmadi. Qonunbuzarning qilmishi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi va unga sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Boshqa yangiliklar