AsosiyDunyo

Xitoy va AQSh iqlimni muhofaza qilish bo`yicha qo`shma deklarasiya imzoladi

'Xitoy va AQSh iqlimni muhofaza qilish bo`yicha qo`shma deklarasiya imzoladi'ning rasmi

Kelishuvga erishish uchun 30 dan ortiq onlayn uchrashuvlar o`tkazilgan.

10-noyabr kuni Xitoy va AQSh  iqlim o`zgarishiga qarshi hamkorlikni kuchaytirish bo`yicha qo`shma deklarasiyani imzoladi. Bu haqda oav.uz  "Interfaks”ga tayanib xabar bermoqda.  

Xitoyning iqlim o`zgarishi bo`yicha maxsus vakili Xie Chjenxua, so`nggi 10 oy ichida AQSh va Xitoy ushbu tashabbusni tayyorlash uchun 30 dan ortiq onlayn uchrashuvlar o`tkazganini ta`kidladi.

“Dunyoning ikki yirik kuchi sifatida Xitoy va AQSh iqlim o`zgarishiga qarshi kurashishda boshqalar bilan birgalikda ishlash mas`uliyatini o`z zimmalariga olishlari kerak”, - deya qo`shimcha qildi Xitoy vakili.

 

    Boshqa yangiliklar