Hisob-kitoblarga ko`ra, 2022 yilda ikki milliardgacha shpris etishmaydi, bu esa o`z navbatida emlash tezligiga ta`sir qiladi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti kelgusi yilda dunyoda COVID-19'ga qarshi emlash uchun shprislarning global tanqisligi yuzaga kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda JSSTning dori vositalari va sog`liqni saqlash mahsulotlaridan foydalanish bo`yicha katta maslahatchisi Liza Xedman ma`lum qildi, deya xabar beradi "Zamon".
Shuningdek, uning ta`kidlashicha, bunday vaziyat qashshoq mamlakatlar bir xil shprislardan bir necha marta foydalanishni boshlaganda yana bir muammoni keltirib chiqarishi mumkin.
U tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilarni bir martalik shprislarini ishlab chiqarishni kengaytirish yo`lini topishga chaqirdi.
Dunyoda COVID-19'ga qarshi 6,8 milliard vaksina joriy etilgan va har yili 6 milliard shpris ishlab chiqariladi.






