Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev Istanbul yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida o`tayotgan Turkiy kengash sammitidagi nutq so`zladi.
Prezident o`z so`zini yakunlar ekan, bugungi uchrashuv va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi qardosh xalqlarimizning umumiy farovonligi va ravnaqiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Prezidentimiz hamkasblarini yangi nom olgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini o`tkazish uchun kelgusi yil O`zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.






