“Chelsi”ning germaniyalik bosh murabbiyi Tomas Tuxel oktyabr oyi yakunlariga ko`ra, Angliya Premer-ligasida tengsiz deb topildi.
Qayd etilishicha, Tuxel qo`l ostida “Chelsi” oktyabr oyida APLda 4ta uchrashuvda maydonga tushdi va hammasidan g`alaba qozondi.
Jumladan, “Sautgempton” (3:1), “Brentford” (1:0), “Norvich” (7:0) va “Nyukasl” (3:0) jamoalari mag`lubiyatga uchradi.
U sovrin uchun kurashda Yurgen Klopp (“Liverpul”), Devid Moyes (“Vest Hem”) va Patrik Vieyra (“Kristal Pelas”)ni ortda qoldirdi.
Izzatbek Abduvahobov






