AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahs uchun Tbilisiga jo`nab ketdi

'O`zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahs uchun Tbilisiga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahs uchun Tbilisiga jo`nab ketdi.

 Abdusalom Azizov bahs oldidan milliy terma jamoa a`zolari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda UFA. 

 Ta`kidlanishicha, assosiasiya rahbari milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar mas`uliyati, ularga tizimli tayyorgarlik ko`rish, har bir o`yinda sidqidildan harakat qilish lozimligi haqida fikr bildirgan.

 Shuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan o`tgan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O`FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi ma`lum qilingan.

 Shu bilan birga, Srechko Katanes ham terma jamoamiz bilan ishlashdagi dastlabki taassurotlari va fikr-mulohazalarini bildirib o`tgan. 

Klublardagi muntazam mashg`ulotlarda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e`tibor qaratish zarurligi aytilib, bu borada jamoalarga kerakli ko`rsatmalar berilishiga qaror qilingan. 

 Shundan so`ng O`zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Tbilisiga jo`nab ketgan.

    Boshqa yangiliklar