AsosiySport

Ikki nafar o`zbekistonlik sambochi jahon chempioni, yana uch nafari esa kumush medalini qo`lga kiritdi

Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida davom etayotgan sambo bo`yicha kattalar o`rtasid...

'Ikki nafar o`zbekistonlik sambochi jahon chempioni, yana uch nafari esa kumush medalini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida davom etayotgan sambo bo`yicha kattalar o`rtasida Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari vakillarimiz uchun omadli keldi. Bugungi dasturda sambochilarimiz ikkita oltin va uchta kumush medalga sazovor bo`lishdi.

Jangovar sambo yo`nalishida -58 kg vazn toifasida jang o`tkazgan terma jamoamiz a`zosi Bahodir Bakiev hal qiluvchi bahsda rossiyalik Aleksandr Nesterov ustidan ishonchli g`alabaga erishdi va O`zbekiston delegasiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni taqdim etdi.

Terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni esa sambo bahslarida Ixtiyor Eshmurodov taqdim etdi. U -88 kg vazn toifasida rossiyalik Sergey Ryabovga qarshi bellashdi va chiroyli tarzda g`alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.

Shuningdek, sambochilarimizdan Sarbon Ernazarov (-71 kg vazn toifasida) rossiyalik Nikita Kleskovga qarshi kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo`ldi.

-79 kg vazn toifasida Ulug`bek Rahmonov ham finalda rossiyalik sportchi Uali Kurjevga qarshi bellashdi va mag`lubiyatga uchradi.

Bugungi dasturda terma jamoamizga yana bir kumush medalni jangovar sambo bo`yicha -64 kg vazn toifasida hamyurtimiz Oybek Soliev taqdim etdi. U finalda rossiyalik Shayx-Mansur Xabibullaevga qarshi gilamga chiqdi va imkoniyatni boy berdi.

Bugun ham kun davomida 7ta vazn toifasida bahslar bo`lib o`tdi. Quyida barcha vaznlarda g`olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Ayollar:

-65 kg:

1. Yuliya Xrebenojko (Ukraina),

2. Ajar Salikova (Qozog`iston),

3. Sem Dun Van (Gollandiya), Lyusiya Babich (Xorvatiya).

-72 kg:

1. Alisa Shlesinger (Isroil),

2. Dildash Kurishbaeva (Qozog`iston),

3. Baseseg Sog-Ochir (Mo`g`uliston), Anastasiya Xomiachkova (Rossiya).

Erkaklar:

-71 kg:

1. Nikita Kleskov (Rossiya),

2. Sarbon Ernazarov (O`zbekiston),

3. Ramazan Xodjakov (Bahrayn), Vladislav Sayapin (Belarus).

-79 kg:

1. Uali Kurziev (Rossiya),

2. Ulug`bek Rahmonov (O`zbekiston),

3. Nedir Allaberdiev (Turkmaniston), Aidin Dartaev (Qozog`iston).

-88 kg:

1. Ixtiyor Eshmurodov (O`zbekiston),

2. Sergey Ryabov (Rossiya),

3. Sayidmuhammadriza Saidamani (Eron), Dimitro Stesenko (Ukraina).

Jangovar sambo:

-58 kg:

1. Bahodir Bakiev (O`zbekiston),

2. Aleksandr Nesterov (Rossiya),

3. Sergey Shilov (Moldova), Nurken Dombaev (Qozog`iston).

-64 kg:

1. Shayx-Mansur Xabibullaev (Rossiya),

2. Oybek Soliev (O`zbekiston),

3. Adilbek Seissov (Qozog`iston), Yauxeni Mikno (Belarus)

    Boshqa yangiliklar