Liverpul shahridagi shifoxona yaqinida bomba o`rnatilgan avtomobilning portlashidan so`ng mamlakatda terrorchilik xavfi darajasi ko`tarilib, besh balli shkala bo`yicha to`rtinchi o`ringa qo`yildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
“Liverpuldagi voqealar barchamizni xushyor bo`lishimizni eslatmoqda. Lekin Buyuk Britaniya xalqini terrorizm qo`rqitmasligini, bizni zo`ravonliklar bilan bo`lmoqchi bo`lganlarga hech qachon bo`ysunmasligimizni, turmush tarzimiz doimo g`alaba qozonishini ko`rdik”, - deydi Bosh vazir Boris Jonson.
Ma`lumot uchun, yakshanba kuni ertalab taksida bo`lgan yo`lovchi portlovchi qurilma orqali o`zini portlatib yuborgan. Terrorchining sherigi sifatida 4 kishi qo`lga olingan.