Evropa yana koronavirus pandemiyasining episentriga aylandi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga tayanib, BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, so`nggi vaqtlarda Evropada koronavirusga chalinish va o`lim holatlari ko`paygan. Rojdestvo bayrami munosabati bilan ko`plab mamlakatlar koronavirusning tarqalishining oldini olish maqsadida cheklovlarni qayta joriy qilmoqchi.
Jumladan, Niderlandiya uch haftalik karantin qoidalarini joriy etilishini ma`lum qildi. Kasallanish bilan bog`liq eng ko`p holatlar Avstriya, Vengriya va boshqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda.