AsosiyJamiyat

O`zbekiston korrupsiya sohasida "raqamlashtirish" bo`yicha EXHT bilan hamkorlik qiladi

'O`zbekiston korrupsiya sohasida "raqamlashtirish" bo`yicha EXHT bilan hamkorlik qiladi'ning rasmi

2021 yil 17 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti raxbariyati bilan uchrashdi va anglashuv Memorandumini imzoladi. 

Ushbu memorandum orqali endi EXHTning Iqtisodiy va ekologik faoliyati bo`yicha muvofiqlashtiruvchi idorasi va O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligini oshirish borasida qo`shma tadbirlarni amalga oshira oladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, memorandum EXHTning iqtisodiy va ekologik faoliyat buyicha koordinatori Igli Xasani va O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov tomonidan imzolandi. 

Memorandum doirasidagi tadbirlar "Raqamlashtirish va ochiq ma`lumotlardan foydalanish orqali EXHT mintaqasida samarali boshqaruv va ijobiy biznes muhitini rag`batlantirish" loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

Ta`kidlanishicha, Elchi Xasani ochiq ma`lumotlar va samarali boshqaruv bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlar orqali EXHT barqaror institusional salohiyatni shakllantirishga, mintaqadagi biznes va sarmoyaviy muhitni yaxshilash uchun mavjud tajriba tarmoqlarini mustahkamlashga va yangi tajriba tarmoqlarini yaratishga yordam berishini ta`kidlagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar