AQShning Konstitusiyasining noyob nusxasi auksionda rekord narx - 43,2 million dollarga sotildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1787 yilda Filadelfiyada Amerikaning asoschilari tomonidan qabul qilingan AQSh Konstitusiyasining asl nusxasi dastlab 15-20 million dollarga baholangan.
Ushbu noyob hujjat oxirgi marotaba kim oshdi savdosida 1988 yilda Govard Goldman tomonidan 165 000 dollarga sotilgan.
Manbada aytilishicha, auksiondan tushgan mablag` Doroti Tapper Goldman xayriya jamg`armasiga yo`naltirilishi ma`lum qilindi.