AsosiySport

Murodjon Ahmadaliev WBA va IBF kamarlarini ikkinchi marotaba himoya qildi

'Murodjon Ahmadaliev WBA va IBF kamarlarini ikkinchi marotaba himoya qildi'ning rasmi

Bugun, 20 noyabr kuni erta tongda professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o`zining navbatdagi jangini o`tkazdi. AQShning Nyu-Xempshir shtatida joylashgan Manchester shahrida bo`lib o`tgan jangda unga qarshi chililik Xose Velaskes ringga ko`tarildi.

To`liq, 12 raund davom etgan jangda hakamlarning barchasi 119-109 hisobida hamyurtimiz g`alaba qozonganligini e`tirof etishdi. Shu tariqa Murodjon o`ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini qo`lida saqlab qoldi.

Hamyurtimizni ushbu ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz.

    Boshqa yangiliklar