“Northrop Grumman” aerokosmik kompaniyasi Oyda harakatlanadigan mashinani namoyish qildi.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur mashina Oy sirtini tadqiq qilishga sezilarli yordam beradi va oyda uzoq muddat xizmat qiladi. Korporasiya mashinani “Intuitive Machines” va “Lunar Outpost” kosmik kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqadi.
Shuningdek, boshqaruv va akkumulyatorlar uchun mas`ul bo`lgan avtomobil ishlab chiqaruvchi “ABL” kompaniyasi hamda shinalar ishlab chiqaruvchi “Michelin” ham mazkur loyihada hamkorlik qiladi. Avvalroq bu kompaniyalar NASA bilan Oyda harakatlanadigan transport vositalari ishlab chiqarish bo`yicha hamkorlik qilgandi.