Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining xabariga ko`ra, 19 noyabr kuni soat 1:00 larda Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Binokor ko`chasi 2-darajali yo`lda haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan S.N. "Spark" rusumli avtomobilni boshqarayotib, ushbu ko`chadan yo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan piyoda, 1995 yilda tug`ilgan T.Z.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda T.Z. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda






