AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida o`tkaziladigan U-22 Osiyo chempionatining yangi sanasi ma`lum qilindi

'Toshkent shahrida o`tkaziladigan U-22 Osiyo chempionatining yangi sanasi ma`lum qilindi'ning rasmi

shu yil Toshkent shahrida 22 yoshgacha bo`lgan bokschilar o`rtasida Osiyo chempionati o`tkazilishi haqida xabar qilgandik. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi

Ammo, ma`lum sabablarga ko`ra ushbu musobaqa muddati o`zgargandi. Kuni kecha, Osiyo boks konfederasiyasining Ijroiya Qo`mitasi a`zolarining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda 2022 yilda turli yosh toifalarida o`tkaziladigan Osiyo chempionatlarining tashkiliy masalalari ham muhokama qilindi.  

Ijroqo`m qaroriga ko`ra, 22 yoshgacha bo`lgan bokschilar o`rtasidagi qit`a chempionati 2022 yilning 20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida o`tkaziladi.  

Qolgan yosh toifalari bo`yicha o`tkaziladigan Osiyo chempionatlari manzillari va sanalari yaqin orada e`lon qilinadi. (https://olamsport.com/upload/storage/192165_original.jpg) 

Boshqa yangiliklar