AsosiyJamiyat

"Save Aral" xayriya marafonining finali yakunlandi

'"Save Aral" xayriya marafonining finali yakunlandi'ning rasmi

Kecha "Yangi nafas" sport va ijtimoiy harakati doirasida "Save Aral" xayriya aksiyasining joriy yilgi yakuniy final bosqichi bo`lib o`tdi. Unda Toshkent shahri va mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan jami 2 ming nafarga yaqin yugurish va yurish ixlosmandlari ishtirok etishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha,  xayriya marafonida Turizm va sport vaziri o`rinbosari Avaz Karimov ham ishtirok etgan va tadbir ishtirokchilarini tabriklab, ularga omad tilagan. Aksiya doirasida turli korxona va tashkilotlarning jamoalari ekiden — sport estafetasi yo`nalishida o`zaro kuch sinashishgan.

 50dan oshiq jamoalar ishtirok etgan ekiden musobaqasida g`oliblikni O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi xodimlari qo`lga kiritishgan. Ular belgilangan masofani 24 daqiqa 59,9 soniya ichida bosib o`tishgan. Ushbu yo`nalishda keyingi o`rinlarni mos ravishda Qashqadaryo viloyati hamda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoalari egallashgan.  3 km masofaga o`tkazilgan ommaviy yugurish poygasida ayollar orasida eng yaxshi natijani Anastasiya Silchenkova qayd etgan bo`lsa, erkaklar o`rtasida ushbu masofani surxondaryolik Shohruh Davlatov barchadan oldin bosib o`tgan. 

Shuningdek, xayriya marafonida turli nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar aniqlangan. 

Jumladan, 70 yoshli Mars Mamasharipov "Eng yoshi katta erkak sportchi" nomiga munosib ko`rilgan bo`lsa, Marina Raximova eng yoshi ulug` ayol sportchi deb topilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar