O`zbekiston Gidrometeorolgiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, Qizil-O`rda bo`ylab bulutlarning o`tishi hisobiga faqat Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliqgacha isiydi, bu me`yordan 3-5° ga yuqoridir.
23-24 noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23 noyabrda respublikaning janubi-g`arbiy, 24 noyabrda janubiy tumanlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Harorat fon 13-18° iliq atrofida bo`ladi.
25-26 noyabr kunlarida O`zbekiston hududiga Volga bo`yi hududlaridan yana antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25 noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26 noyabrda respublikaning qolgan hududlarida, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechalari bulutlilik bilan 9-11° iliqgacha ko`tariladi, 26 noyabrga kelib esa kunduz kunlari me`yoriy qiymatlargacha pasayadi va 8-13° iliqni tashkil etadi.