Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti qishda Evropada koronavirusning xavfli tomonlari ortishini taxmin qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Tashkilot xabar berishicha, qishda Evropada kamida 500 ming kishi ushbu kasallik tufayli halok bo`lishi mumkin.
“Agar Evropa ittifoqi pandemiyaga qarshi cheklovlarni kuchaytirmasa, taxminlarimiz to`g`ri bo`lib chiqishi mumkin”, - dedi JSST vakili Xans Klyuge.
Kasallik ortishi tufayli Avstriya, Vengriya, Daniya va Germaniyada cheklovlar kuchaytirilmoqda. Avvalroq Evropa koronavirusning episentriga aylangani borasida ma`lumotlar paydo bo`ldi.