Shaxmat bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi a`zosi Gulruhbegim Toxirjonova grossmeysterlik talabini bajardi. Bugun hamyurtimiz poytaxtimizda yakuniga etib borayotgan O`zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy A`zamov xotirasiga bag`ishlangan “Toshkent Open” xalqaro turnirining so`nggi turida musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi armanistonlik Tigran Petrosyanni mag`lubiyatga uchratdi. Bu haqda “Olamsport.com” nashri xabar bermoqda.
Bu bilan u grossmeysterlik talabini bajardi. Endi mamlakatimizda ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga etdi. Birinchi ayol grossmeyster Gulruhbegim Toxirjonovaning opasi Nafisa Mo`minova edi.